Samarqand şahrida joylaşgan tungi klublar böylab ötkazilgan navbatdagi reydlar köplab qonunbuzarlik holatlarini yuzaga çiqardi. Bu haqda viloyat prokurori Bahodir Dehqonov ma'lumot berdi.
Aniqlanişiça, “Pattayya”, “Djavanni”, “Diamond”, “Şaxristan”, “Niagara”, “Barxan” singari klublarda tölov terminallari tugul, umuman biror turdagi xizmat körsatişga ruxsat beradigan hujjatlar yöq ekan.
Şuningdek, umumiy miqdori 2.5 mln söm bölgan noqonuniy aylanmadagi mablağ olib qöyildi. 30 mln sömlik spirtli içimliklar iste'molga yaroqsiz deb topildi.
Prokurorning ta'kidlaşiça, körilgan köplab çoralarga qaramay, ayrim klublarda voyaga yetmaganlar nafaqat vaqt ötkazmoqda, balki ayrimlari iş faoliyatini ham yuritmoqda.
Yuqoridagi faktlar yuzasidan tilga olingan klublar egalari jinoiy javobgarlikka tortilgan.






