AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp Oq uyda musulmon diniga mansub prezident bölişi mumkinligi borasida öz fikrini bildirib ötdi. Bu haqda Mediaite naşri xabar tarqatdi.
NBC telekanali dasturlarining birida boşlovçi Trampga AQŞ prezidenti musulmon bölişi unga qançalik ma'qul kelişini savol sifatida bergan.
«Aytişim mumkinki, bunday vaziyat qaçondir bölişi mumkin», — deya javob bergan u. Şundan söng milliarder qöşimça qilib «ba'zi odamlarning hisoblaşiça, bu allaqaçon sodir bölgan», deya amaldagi prezident Barak Obamaga şa'ma qilib ötgan.
Şunda jurnalist Trampga: «Nima uçun siz Prezidentning nasroniy diniga mansubligini va Amerikada tuğilganini özingiz uçun tan olmaysiz», deya savol bilan murojaat qilgan.
Bunga javoban Tramp «odamlarning diniy qaraşlari haqida gapirmasligini» bildirib javob qaytargan va Obamaning nasroniyligiga işonişini qöşimça qilib ötgan.






