Futzal böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi Malayziyada Osiyo çempionati doirasidagi ilk uçraşuvini ötkazdi.

Birinçi turda terma jamoa musobaqa mezbonlari bölmiş Malayziya vakillariga qarşi öyin ötkazdi va 4:9 hisobida mağlub böldi.

Eslatib ötamiz, Avaz Maqsumov boşçiligidagi Özbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Çempionati A guruhida Eron, Malayziya hamda Gonkong terma jamoalari bilan bir guruhdan örin olgan.

Jamoa keyingi öyinni 22 sentabr kuni Eron vakillariga qarşi ötkazadi.

Ma'lumot uçun, uşbu turnirda qit'aning 8ta davlatidan kelgan termalar 2 guruhga bölingan holda öyinlarga kirişgan.