Özbekiston hukumati British American Tobacco Uzbekistan kompaniyasiga sigaret işlab çiqarişda 20 foiz mahalliy tamaki qöşiş majburiyatini yukladi. Bu haqda hukumatning duşanba kuni çop etilgan qarorida aytilgan.

Özbekiston sigaret işlab çiqariş monopolisti bölmiş BAT Uzbekistan, bundan buyon beşdan bir qismi Özbekistonda yetiştirilgan tamakidan taşkil topgan sigaretlar işlab çiqarişga majbur hisoblanadi.

“Olib kirilgan tamakining hajmi, yillik tamaki mahsulotining 80 foizdan köp bölmasligi kerak”, — deyilgan uşbu hujjatda.

Undan taşqari BAT Uzbekistan mahsulotning 50 foiz qiymatini mahalliy fermerlarga avans tariqasida tölaşi kerak böladi.

Sputnik naşri ma'lumotiga köra, fermer xöjaliklari yiliga 15 ming tonna “Dyubek” va “Izmir” sortlariga mansub tamaki mahsulotlari yetiştiradi. Undan 85 foiz BAT Uzbekistan kompaniyasiga yetiştirib beriladi.

Ma'lumot uçug, 10 yil muqaddam British American Tobacco "Uztabak" korporatsiyasining yarmidan köpini sotib olib "UZBAT A.O." (BAT Uzbekistan) korxonasini taşkil qilgandi.

Özbekiston tamaki mahsulotlari bozori yiliga 17 milliard sigaretni taşkil qiladi. Mahalliy korxona uluşi 90 foiz. Noqonuniy olib kelingan sigaretalar kam uçraydi. Ular asosan Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistondan olib kelinadi.