Janubiy Koreya OAVlari xabarlariga köra, LG Display kompaniyasi yaqin orada bukiluvçi smartfonlar va fabletlar uçun displeylar işlab çiqarişni boşlaydi.
Qayd etilişiça, yangi turdagi bukiluvçan ekranlarning işlab çiqarilişi dastur işlab çiqariş biznesiga ega qandaydir korporatsiyaning buyurtmasi böyiça özlaştirib olinadi. Bu sirli buyurtmaçi high-end sinfidagi smartfonlar segmentida Apple va Samsung kompaniyalariga raqobatçilik qilmoqçi.
LG buyurtmaçisi Samsunğning bukiluvçi displeylarini ham sinovdan ötkazgan, biroq qandaydir sabablarga köra ulardan foydalanişdan voz keçişga qaror qilgan. LĞning hamkori nomi keltirilmayotgan bölsada, gap Microsoft korporatsiyasi haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda.
Şuningdek ma'lum qilinişiça, bu displeylarning işlab çiqarilişiga 900 mln dollarlik sarmoya kiritilgan. Ekranlar organik svetodiodlar (OLED) texnologiyasi negizida işlab çiqarilişi taxmin qilinmoqda. Şuningdek, bu displeylarning çidamliligi ança yuqori bölişi aytilmoqda: ularni 100 ming martagaça bukib, yana öz holiga keltiriş mumkin böladi.

Samsung bir neça kun avval bukiluvçi smartfonlar işlab çiqarişni rejalaştirayotgani ma'lum bölgandi. Bunday qurilmalar 2016 yilning yanvaridayoq namoyiş qilinişi kutilmoqda.






