Rossiyalik rejissyor Nikita Mixalkov tomonidan işlangan "Solneçnyy udar" filmi "Oskar" mukofotining "Eng yaxşi xorij" filmi nominatsiyasida iştirok etadi. Bu haqda TASS naşriga "Oskar" mukofoti böyiça Rossiyada tuzilgan qömita rahbari Vladimir Menşov ma'lum qilgan.

Biz Nikita Mixalkovning "Solneçnyy udar" nomli kartinasini tanladik", deb ma'lum qilgan Menşov.

"Solneçnyy udar" kartinasi Ivan Buninning şu nomli asari asosida suratga olingan bölib, rejissyor bu asarni sahnalaştiriş haqida ötgan asrning 80-yillaridan buyon öylab kelgan, faqat 2010 yildagina kinossenariyni tayyorlaşga muvaffaq bölgan va ijodiy hamkorlar bilan işga kirişgandi.

Uşbu film premerasi 2014 yilning 3 oktabr kunida Belgrad şahrida ötkazilgandi. Film ötgan yilning 9 oktabridan boşlab kinoprokatlarda paydo bölgan.

2015 yilning yanvarida bu film 2014 yil yakunlari böyiça "Eng yaxşi film" sifatida "Zolotoy orel" mukofoti bilan taqdirlangan.