Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qozoğiston YaIM ösiş körsatkiçi 2015 yilda 1,5 foizni taşkil etişini başorat qilmoqda, deyiladi taşkilot çop etgan yangi hisobotda.
“Qozoğiston YaIM ösiş körsatkiçi 2015 yilda 1,5 foizni taşkil etib, bu mart oyidagi 1,9 foizlik başoratdan kamdir”, - deyiladi xabarda.
Bank ma'lumotiga köra, xalqaro EKSPO-2017 körgazmasini taşkil etiş fonidagi investitsiyalar va 2016 yilda eksport raqobatbardoşligining ortişi natijasida 2016 yildagi ösiş körsatkiçi avval başorat qilinganidek 3,8 foiz emas, balki 3,3 foizni taşkil etadi.
OTB MArkaziy Osiyo davlatlarida ösiş körsatkiçi 2015 yilda 3,3 foiz, 2016 yilda esa 4,2 foiz atrofida bölişini başorat qilmoqda. Bu avvalgi başoratlarga qaraganda kamroq ekanini anglatadi. Xom aşyo mahsulotlari narxining arzonlaşuvi va Rossiya Federatsiyasidagi inqiroz sababli 3,5% va 4,5% natijalar qayd etilmasligi mumkin.
“Neft va gaz narxi pasaygani ortidan eksportdan olinuvçi daromad kamayib, Ozarbayjon, Qozoğiston, Turkmaniston va Özbekistonning ösiş körsatkiçlari sustlaşadi. Mintaqadagi inflyatsiya darajasi 2015 yilda 8,1 foiz va 2016 yilda 7,5 foiz atrofida böladi”, - deyiladi hisobotda.






