Ommaviy axborot vositalarida “Yevroxim” rahbari Andrey Melniçenko buyurtmasi asosida tayyorlangan dunyodagi eng yirik yelkanli “A” (Sailing Yacht A) yaxtasining suratlari e'lon qilindi. Kema Germaniyaning Kil şahridan sinov uçun suvga tuşirildi, deya xabar bermoqda RBK.

Kemaning narxi 260 mln yevrodan kam emas. U Nobiskrug kemasozlik kompaniyasining Germaniyadagi verfida qurildi. Sinov uçun suga tuşirilgan yaxta sayri köplab guvohlarning e'tiborini öziga tortdi.

“A” yaxtasining uzunligi 147 metr, uçta yelkanining balandligi esa 91,5 metrni taşkil etadi. Bu esa taxminan 30 qavatli uy balandligiga teng demakdir. Kema suv ostidagi botib turuvçi xonalar bilan qöşib hisoblaganda, sakkiz qavatdan taşkil topgan. Şunça haybatli bölişiga qaramasdan, milliarderning yaxtasi 20 nafar mehmon va 54 nafar ekipaj a'zolari uçun möljallangan xolos.

Boat International naşri ma'lumotlariga köra, undan keyingi örinda turuvçi eng yirik yaxta Sea Cloud bölib, 1931 yilda suvga tuşirilgan. Uning uzunligi 96,35 metrni taşkil etadi.

Forbes jurnali Melniçenko boyligi 9,1 mlrd dollar ekanini ma'lum qilgan. Tadbirkor Sibir kömir energetika kompaniyasi, “Yevroxim” va boşqa bir qator kompaniyalarning nazorat paketlariga egalik qiladi. Forbes milliarderlarning global reytingida Melniçenko 137-örinni egallaydi.