Sloveniya hukumati Xorvatiya tomonidan mamlakatga kelayotgan qoçqinlar oqimi köpayib ketgani sababli çegaralarini töliq yopib qöyişga qaror qildi, deb xabar bermoqda M1 telekanali.
“Sloveniya öz çegarasini avtomobillar va yölovçilar uçun yopib qöydi. Sloveniya tomonidan Xorvatiyaga esa avtomobillar ötişda davom etmoqda”, deb ma'lum qildi telekanal muxbiri.
Muxbirning ta'kidlaşiça, ayni paytda çegara oldida çegara oçilişini kutayotgan köplab qoçqinlar töplanib turibdi. Jamoatçilik tartibini saqlaş maqsadida çegara böylab sloveniyalik politsiyaçilar qad rostlagan.
Avvalroq Sloveniya içki işlar vaziri Boştian Şefits Sloveniya ikki kun içida 1,5 mingdan köproq muxojirni röyxatdan ötkazganini ma'lum qilgandi.






