Yakutiyada yaşagan tojikistonlik fuqaro “Tolibon” xalqaro terrorçilik harakati faoliyatini moliyalaştirgani uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining hududiy boşqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tojikistonlik “Terrorçilik faoliyatiga qömak beriş” moddasi böyiça aybdor deb topildi. Tergov ayblanuvçining elektron poçta orqali özining tanişi – Pokiston hukumat qöşinlariga qarşi janglarda kuraşgan, “Tolibon” harakati funktsionerlaridan biri bilan aloqa qilgan.

“Ayblanuvçining tanişi öz maktublarida nafaqat Afğoniston va Pokistonda “imonsizlarga” qarşi “jihod” ötkazişga moliyaviy kömak, balki Yakutiyada terrorçilarning yaşirin tuzilmalarini yaratişda kömak berişni söragan. Ayblanuvçi tanişidan olgan topşiriqlarga köra bir neça bor Pokistonga terrorçilik taşkilotining soxta bank hisob raqamlariga pul ötkazgan”, deb ta'kidlanmoqda xabarda.