Angliya Premer-ligasining 1-turida “Çelsi”ning “Suonsi”ga qarşi uçraşuvida (2:2) “Çelsi” boş murabbiyi Joze Mourinyu klub şifokori Yeva Karneyroning harakatlaridan norozi bölib, uni tanqid qilgandan keyin, ayol şifokor klubning maşğulotlari va öyinlaridagi işidan çetlaştirilgan edi. 

Karneyro uçraşuvning oxirgi daqiqalarida bitta öyinçiga kam bölib harakatlanayotgan “Çelsi”ning jarohat olgan yarimhimoyaçisi Eden Azarga yordam bermoqçi bölib maydonga çiqqani Mourinyuga yoqmagan.

“Çelsi” Karneyroga işga qaytişni taklif qildi, biroq rad javobini oldi. Ayni paytda 42 yoşli şifokor özining huquqiy pozitsiyasini baholamoqda.

Angliya futbol uyuşmasi uşbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda va Mourinyuni uşbu qilmişi uçun bir neça öyinga çetlatişi mumkin.