Malayziyada 8 kişi 2015 yil 17 avgust kuni sodir etilib, 20 kişining umriga zomin bölgan qöporuvçilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib qölga olindi. Bu haqda New Straits Times naşri xabar qildi.
Biroq mamlakat politsiyasi rahbari örinbosari Nur Raşid Ibrohimning oydinlik kiritişiça, huquqni himoya qiliş organlari portlaşni taşkil etişda töğridan-töğri aloqadorlikda ayblanib qölga olinganlarning uç nafarini ozod qilgan.
“Ular (ikki malayziyalik va bir Pokiston fuqarosi) tergov organlariga söroq bermoqda, biroq bu ularning mazkur jinoyatni sodir etganini anglatmaydi, çunki ularning aybini isbotlovçi dalillar yöq”, - dedi politsiya vakili.
“Biz qölga olinganlarni sörov qiliş va Tailanddagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, - deya qayd etdi Nur Raşid Ibrohim.
Tailand politsiyasi tomonidan olib borilgan tergovlarda 5 nafar – bir Tailand fuqarosi, şuningdek, Hindiston, XXR va Turkiya fuqarolari qölga olingani xabar qilingan edi.






