AQŞ hukumati Rossiyaning IŞIDga qarşi kuraş jarayoniga qöşiliş borasidagi “işoralari”ni töğri tuşunadi hamda bundan manfaatdordir. Bu haqda prezident Barak Obamaning matbuot kotibi Joş Ernest bayonot berdi.

“Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari haqida aniq gapiriş qiyin, ammo biz ilgarigiday Rossiyaning IŞIDga qarşi kuraş jarayoniga qöşiliş borasidagi işoralarini töğri tuşunmoqdamiz hamda bundan manfaatdormiz. Ular uşbu maqsadga sodiq ekanliklarini aytmoqda, va biz bu sözlarga muvofiq harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz”, - uning sözlarini keltiradi RIA Novosti.

Şuningdek, Ernest AQŞ Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlari mobaynida IŞID guruhini yöq qilişga muhim hissa qöşa olişidan amin bölişi lozimligini ta'kidladi.