20 sentabr kuni Oliy Liganing 22-turi doirasida Farğona şahrida ötgan “Neftçi”ga qarşi mağlubiyatli uçraşuvdan söng (0:2) “Bunyodkor” FK boş murabbiyi Sergey Luşçan iste'fo berdi. Bu haqda "qaldirğoçlar" jamoasi rasmiy sayti xabar bergan.
"Klub rahbariyati uning arizasini körib çiqdi va iste'fo borasidagi murojaatni qabul qildi. Şuningdek, sobiq boş murabbiyga klubda olib borgan faoliyati uçun minnatdorçilik bildirildi. Ayniqsa, Sergey Ivanoviçning asosiy jamoaga bir neça yoşlarni jalb etgani va ularning mahoratini oşirişda katta hissa qöşganligi, qolaversa turli yoşdagi terma jamoalarga qançadan-qança nomzodlarni yetiştirib berganligi alohida e'tirof etildi.
“Bunyodkor” FK rahbariyati Sergey Luşçanni uning avvalgi lavozimi – “Bunyodkor” futbol maktabi direktorligiga qaytarişni ma'qul topdi", deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Sergey Ivanoviç “Bunyodkor” FK boş murabbiyi sifatida 2014 yilning 3 iyunidan 2015 yilning 22 sentabriga qadar faoliyat yuritdi. Şu vaqt oraliğida u “qaldirğoçlar”ga 56ta uçraşuvda ustozlik qildi. Şularning 31tasida ğalaba, 9ta bahsda durang va 16ta uçraşuvda mağlubiyat qayd etildi. Töplar farqi 77-44, “Bunyodkor” foydasiga. Uning boşçiligida “qaldirğoçlar” ikki bor mamlakat kubogi finaliga yöllanma olişdi.






