Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşişi munosabati bilan Özbekistonda keng miqyosdagi tayyorgarlik işlari boşlab yuborildi. Ular haqida “Özkommunxizmat” agentligining boş mutaxassisi Zarifa Xudoyqulova axborot berdi.

“Birinçi navbatda mutaxassislarimiz ötgan yili olib borgan işlarini körib çiqiş asnosida öz yakuniga yetmagan işlarni körib çiqib, mavjud muammolarni hal etamiz”, – dedi u “Darakçi” naşriga bergan intervyusida.

Uning aytişiça, prezidentning “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016 yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşga kompleks tayyorlaşni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2367-son qarori va boşqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan qişki mavsum oldidan köp xonadonli uylarni issiq suv va isitiş bilan uzluksiz ta'minlaş çoralari körilmoqda.

“Har bir hudud böyiça, jumladan, 28 yirik şaharda hamda Toşkentning 11 tumanida 2015-2016 yilgi mavsumda bajariladigan işlar rejasi tasdiqlangan, – sözida davom etdi Xudoyqulova. – Har bir hudud böyiça mas'ul ijroçilar – vazirlik, idora va taşkilotlarning rahbarlari biriktirilgan. Jumladan, tegişli taşkilotlarga yetarli miqdorda kömir, mazut, texnik tuz va boşqa mahsulotlarni jamğariş böyiça vazifalar berilgan. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş çoralari körilmoqda. Ana şu maqsadda 608 ming dona maişiy gaz ballonlarini işlab çiqariş va hududlarga yetkaziş közda tutilgan”.