Xabaringiz bor, 23 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva şahridagi Markaziy masjid yangi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi.
1904 yilda foydalanişga topşirilgan Moskva Markaziy masjidi binosi 2015 yilda töliq buzib taşlanib, örniga olti qavatli yangi bino barpo etildi. Uning umumiy maydoni 18900 kvadrat metrgaça kengaytirildi. Minoralari balandligi 72 metr, gumbazining balandligi esa 46 metrni taşkil etadi.
Mazkur masjid binosi asosan hayriya yöli bilan bunyod etilgan bölib, mazkur maqsadlar uçun 170 mln dollarga yaqin mablağ jamlandi.
Masjidning oçiliş marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Falastin yetakçisi Mahmud Abbos hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, şuningdek, AQŞ, Fransiya, Britaniya elçilari ham iştirok etdi.

Rekonstruksiya işlari yakuniga yetganidan söng bu yerda bir vaqtning özida 20 ming nafargaça namozxon öz ibodatini ado etiş imkoniga ega böldi.

23 sentabr kuni Markaziy masjidning oçilişi va 24 sentabrda Qurbon hayiti bayrami nişonlanişi munosabati bilan Rossiya poytaxti Moskva şahrida bir qator köçalar yopilib, avtomobillar harakatiga çeklovlar kiritildi.

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov va Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov
Buyuk Britaniya, AQŞ va Fransiya elçilari


Teleboşlovçi Tina Kandelaki va Pavel Astaxov



Qöşiqçi Nadejda Babkina















