Kataloniya avtonom viloyati aholisi viloyat qirollik tarkibidan çiqqan taqdirda, fuqarolikdan mahrum etiladi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo Marfil ma'lum qildi.
“Qaysi bilan hudud mamlakat tarkibidan çiqar ekan, u davlat tomonidan taqdim etilgan barça huquqlardan mahrum etiladi”, - dedi Ispaniya TIV rahbari.
U Lotin Amerikasi respublikalari mustaqillikni qölga kiritganidan söng ispan fuqaroligini yöqotganini eslab ötdi.
Vazir bir tomonlama tartibda mustaqillik da'vo qiliş Ispaniya va har qanday davlat konstitutsiyasiga zid ekanini aytib ötdi. Agarda Kataloniya qirollik tarkibidan çiqiş haqida qaror qilar ekan, bunda heç qanday yuridik kuçga ega bölmasligi, na YeI va na BMT tomonidan tan olinişini ta'kidladi.
Ma'lumot uçun, Kataloniya - Ispaniya şimoli-şarqidagi avtonom viloyat bölib, sönggi vaqtlarda mintaqada mustaqillikka erişiş kayfiyati kuçayib bormoqda. 27 sentabr kuni avtonom viloyatda muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilib, unda avtonom respublikani mustaqil qiliş kayfiyatidagi partiyalarning ğolib çiqişi taxmin qilinmoqda.






