Ötgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 246ta yonğin sodir böldi.

Turli sabablarga köra sodir bölgan yonğinlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olişgan va 3 nafar fuqaro halok bölgan.

IIV axborot xizmatining ma'lum qilişiça, uşbu yonğinlarda 657 mln. sömdan ortiq quriliş materiallari va 710 mln. sömga yaqin moddiy boyliklar yonğindan saqlab qolingan.

Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi fuqaro A.Xoşimovning uyida yoş bolalarning şöxligi oqibatida yonğin sodir bölib, uyning 90 kv. metr maydonda tomi va şift qismi yonib zararlangan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaşovçi fuqaro S.Şokirovning uyida elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölib, uyning 105 kv. metr maydonda tomi, şift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan.