Özbek şou-biznes olamida yangi paydo bölib, Aişa taxallusi ostida ijod qilişni boşlagan xonandaning "Yana-yana" deb nomlangan taronasiga işlangan klip badiiy kengaş çiğiriğidan ötmadi. Özbek va arab tillarida ijro etilgan qöşiq premerasi esa "Özbegim taronasi" radiosida bölib ötgan.
Xabar qilinişiça, jurnalist bilan bölib ötgan intervyuda xonanda tarona mualifi özi ekanligini aytib ötgan. Musiqa sayqali ustida esa Jasur Badalboyev iş olib borgan. E'tiborlisi, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi qoşidagi badiiy kengaş ruxsati olinmagan taronaga Orifjon Fayziyev tomonidan videoklip ham tayyorlab qöyilgan.
Eslatib ötamiz, mamlakatimizdagi tele va radiokanallarda efirga uzatilayotgan, kafe va restoranlarda monitorlar orqali namoyiş etilayotgan milliy mentalitetimizga töğri kelmaydigan, ma'naviyatimizga zid bölgan kliplar, körsatuv va eşittirişlarni çeklaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil 15 iyunda maxsus Harakat dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur doirasida 2015 yilning 1 avgustidan boşlab barça telekanallarning badiiy kengaşi “Özbeknavo” estrada birlaşmasi qoşida faoliyat körsatişni boşladi.