Angren xalq ta'limi xodimasi bola asrab olişda yordam sörab kelganlardan 400 dollar pul tama qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, Gulida Egamova şahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimida şö'ba mudiri bölib işlab kelayotgan edi. Bir kuni uning huzuriga F. Anortoyeva ismli ayol kelib, dugonasining bolasini asrab olmoqçi ekanligini tuşuntirdi va huquqiy maslahat söradi.
Ammo Egamova huquqiy maslahat beriş örniga 400 dollarga hamma işni “bitirib” berişini aytdi. Uning talabi noqonuniy ekanligini tuşungan Anortoyeva tegişli taşkilotlarga murojaat qildi. Natijada Egamova 400 dollar olayotganida jinoyat ustida qölga olindi.






