Haj ziyorati paytida Makka atrofidagi Mino vodiysida sodir bölgan tiqilinçda jabrlanganlar soni 863 gaça yetdi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasi boşqarmasi. 717 nafar kişi halok bölgan.
Tiqilinçda qolganlarni qutqariş böyiça operatsiya hamon davom etmoqda. Avvalroq yaqin atrofda joylaşgan törtta şifoxona şifokorlari ösib borayotgan jabrlanganlar oqimini eplay olmayotganlari sababli hukumat şifoxonadagi joylarni unça katta jarohat olmaganlarni vertolyotlarda boşqa şifoxonalarga yetkaziş bilan böşatayotganini ma'lum qilgandilar.
Mino vodiysidagi fojia 24 sentabrda ertalabki payt hajning asosiy amallaridan biri – “şaytonni toşböron qiliş” paytida yuz berdi. Noma'lum sabablarga köra, ziyoratçilar ikkita köça böylab Jamarot – Şaytonga toş otiladigan joyga ketayotganlarida köçalar tutaşadigan joyda ular orasida tirbandlik yuz bergan.






