Ispaniya Sport vaziri Migel Kardenal Myunxenning “Bavariya” jamoasi murabbiysi Xosep Gvardiolaning Kataloniya aholisini hudud mustaqilligi uçun ovoz berişga çaqirganini tanqid qildi. Bu haqda DPA xabar berdi.
“Gvardiola yirik manipulyatsiya iştirokçisiga aylandi. Buni ongli ravişda qildimi yoki yöq, men bilmayman. Ammo vaziyat Kataloniyada keçayotgan köp narsalarni oydinlaştiradi”, - dedi Kardenal.
2015 yil iyul oyida Gvardiola Kataloniyaning Ispaniyadan ajralişi uçun harakat qilayotgan partiyaning saylov röyxatiga kiritilgan edi.
44 yoşli mutaxassisning nomzodi “Kataloniya demokratik konvergentsiyasi” (Convergència Democràtica de Catalunya) bloki röyxatiga rasman kiritilgan.
Gvardiola — asli kataloniyalik bölib, futbolçilik va murabbiylik kar'yerasining katta qismini “Barselona” safida ötkazgan.
Kataloniyada mahalliy saylovlar esa 27 sentabr kuni bölib ötadi. Ekspertlar uşbu saylovni mustaqillik referendumining muqobili sifatida e'tirof etişmoqda.
2014 yil noyabrida provinsiyaning Ispaniyadan ajrab çiqişi töğrisidagi plebissit (juda muhim masalani hal qilişni umumxalq ovoziga qöyiş, referendum)da 80 foiz kataloniyalik iştirok etgan edi.






