Bugun erta tongdan muborak Qurbon hayiti ezgulik, mehr - oqibat, şukronalik bayrami sifatida qarşi olindi.
Mahallalar, guzar va köçalarda sahardan bayramga taraddud işlari boşlandi. Yulduzlar hali samoni tark etmay eşik - darvozalar oçildi. Onaxonlar, kelin- qizlar xonadonlar oldiga suv sepib, supurib sidirib, köçalarga fayz bağişladilar. Barça mömin musulmonlar hayit namozini öqiş uçun jome masjidlari sari yöl oldi.
Poytaxtimizdagi “Şayx Zayniddin” jome masjidi ham uzoq yaqindan kelgan namozxondlar bilan gavjum böldi. Namoz boşlanişi oldidan masjid imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli qutluğ Qurbon hayitining fayzu barakoti, yurtimizda islom madaniyati va qadryatlariga berilayotgan e'tibor, bebaho ne'mat - tinçlik va osoyiştalikning ahamiyati haqida amru ma'ruf qildi. Şundan söng Qurbon hayiti namozi ado etildi. Jamoat duoga qöl oçar ekan, bugungi kunlar uçun şukronalik bildirilib, muqaddas Vatanimiz, qalbi e'zgulikka töla xalqimiz haqqiga duolar qilindi.
Namozdan söng yurtdoşlarimiz yuzda tabassum bilan bayram bilan bir birlarini qutlaşdi. Qutluğ ayyom şukuhi yurtimiz böylab davom etmoqda.

“Şayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz