Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 26 sentabrda özining AQŞga işçi safarini boşlaydi. U AQŞda 29 sentabrgaça böladi, deb xabar berilmoqda Lukaşenko rasmiy saytida.
“Prezident BMT sammitining barqaror rivojlaniş böyiça tadbirlarida iştirok etadi. Uning yakunlariga köra 2015 yildan keyingi davrda rivojlaniş sohasidagi xalqaro kun tartibi qabul qilinadi. Aleksandr Lukaşenko Sammitning yalpi yiğilişida bu sohadagi öz milliy pozitsiyalarini bayon etadi”, deb aytilmoqda xabarda.
Lukaşenko boşqa davlatlar yetakçilari, BMT Boş kotibi Pan Gi Mun hamda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Riyod al-Husayn bilan bir qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.






