25 sentabr kuni Toşkentda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining (RDNGU) Toşkent şahar filialida neftgaz sanoati korxonalari uçun personal tayyorlovi masalalariga bağişlangan xalqaro anjuman bölib ötdi.
Tadbir taşkilotçilari «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MÇJ («LUKOYL» kompaniyasining Özbekistondagi qidiriş va qazib oliş böyiça operatori), «Özbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi (MXK) va Toşkentdagi I.M. Gubkin nomidagi RDNGU.
Anjumanda neftgaz sohasi mutaxassislarini tayyorlaşda zamonaviy uslub va texnologiyalarini qöllaş, Özbekistonda muhandis-texnik mutaxassisligidagi işçilarni tayyorlaş imkoniyatlari keng muhokama etildi. Bundan taşqari yaqin 10 yil davomida mamlakat neftgaz soxasida uglevodorod qazib oliş bilan boğliq yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş çoğida xodimlarga bölgan ehtiyoj kabi masalalar körib çiqildi.
«Mas'uliyatli sarmoyador sifatida LUKOYL kompaniyasi neftgaz sohasi uçun kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantirişga öz hissasini qöşişga harakat qilmoqda. «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani»da faoliyat olib borayotgan işçilarning 85% dan ortiği Özbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Şu bois biz uzoq muddatli loyhalarni amalga oşiriş yönalişida yuqori malakali mahalliy mutaxassislarni tayyorlaşga köprok imkoniyatlar yaratişga katta qiziqiş bildirmoqdamiz», – deb ta'kidladi «LUKOYL» xodimlar boşqaruvi va taşkiliy rivojlaniş işlari böyiça Vitse-prezidenti Anatoliy Moskalenko.
Bugungi kunda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani»da 1600dan ortiq kişi işlab kelmoqda. Yirik kölamdagi loyihalarni amalga oşirişning eng çöqqi pallasida işçilarning soni 3500dan ortişi kutilmoqda.










