25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Boş Assambleyasi 70-sessiyasida çiqiş qildi.

Vazirning ma'lum qilişiça, Özbekiston BMT barqaror rivojlaniş dasturida birinçi navbatda Orol muammosi hisobga olinişini qöllab-quvvatlaydi.

BMTning 68-sessiyasida Orolning qurişi bilan boğliq muammolarni kamaytiriş borasida qabul qilingan dasturda belgilangan vazifalarni amalga oşiriş va bu borada zarur moliyaviy mexanizmlarni yölga qöyiş lozimligi ta'kidlangandi.

Abdulaziz Komilov 70-sessiyada Orol muammosiga butun dunyo e'tiborini qaratdi va bu hududdan uçgan zaharli moddalar Antarktida qirğoqlari, Grenlandiya muzlari, Norvegiya örmonlari hamda dunyoning boşqa turli çekkalarigaça yetib borganini eslatib ötdi.

Uning sözlariga köra, "Orol fojiasi 65 mln kişi yaşaydigan Markaziy Osiyo uçun jiddiy ta'sir körsatadi".

Özbekiston TIV rahbari öz nutqida BMT homiyligida Orol dengizi va Orolböyi uçun maxsus Trast fondi tuzişni taklif qildi.

"Sayyora miqyosidagi muammoga aylangan Orol dengizi hududidagi mavjud muammoni hal qiliş maqsadida qöşma hamkorlikni kuçaytiriş va moliyaviy loyihalarni qöllaş zarur. Şu maqsadda BMT homiyligida Orol dengizi va Orolböyi uçun maxsus Trast fondi tuzişni taklif qilaman", deydi vazir.

U bu fondning asosiy maqsadi Orolböyidagi ekologik muvozanatni saqlaş, hudud aholisining içimlik suvi bilan ta'minlanişi, aholi salomatligi va farovonligini himoya qiliş borasidagi loyihalarni moliyalaştiriş bölişini aytdi.

Şu bilan birga, Özbekiston mintaqadagi millionlab insonlar hayotiga xavf soluvçi Amudaryo va Sirdaryo oqimlarida turli yirik GESlar qurilişiga oid loyihalarning amalga oşirilişiga yöl qöymasligi aytib ötildi.