Malayziyada bölib ötayotgan xalqaro şaxmat festivalida standart şaxmatlar böyiça 7 tur uçraşuvlari bölib ötdi. Ayni paytda “12th IGB Dato’ Arthur Tan Malaysian Open 2015” musobaqasida 7 oçkodan 6 oçko töplagan samarqandlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov yetakçilik qilmoqda.
Hindistonlik xalqaro grossmeyster P.Şayamnixil ham şunça oçko töplagan, biroq kamroq qöşimça körsatkiçga ega. Hamyurtimiz 8-turda hindistonlik şaxmat ustasi bilan oq figuralar bilan öynaydi.
magichess.uz saytining ma'lumotlariga köra, “6th KLK Tan Sri Lee Loy Seng Seniors Open 2015” faxriylar musobaqasida ham toşkentlik grossmeyster Dmitriy Qayumov yetakçilik qilmoqda. Hamyurtimiz hisobida mumkin bölgan 7 oçkodan 6 oçko bor.
Musobaqalar 27 sentabrda yakunlanadi, yana 2 ta tur uçraşuvlari qoldi.






