Singapurda 5ta kompaniya örmon yonğinlari va uning natijasida havoning kuçli darajada zaharlanişiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Hukumat ayni vaqtda bu kompaniyalarni tekşirişni boşlagan. Bu haqda "Streyts tayms" xabar berdi.

Atrof muhitni muhofaza qiliş böyiça milliy agentlik sun'iy yöldoş, meteorologik ma'lumotlar, yonğin öçoqlari va tutunlarning harakatlaniş yönalişlari asosida bu boradagi dalillarni yiğişga kirişgan.

Bu muammolarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan kompaniyalardan bittasi singapurliklarga, 4tasi esa indoneziyaliklarga tegişli hisoblanadi.

Singapur qonunçiligiga köra, havoning ifloslanişida ayblangan yuridik şaxslar 72 ming dollardan 1,4 mln dollargaça bölgan miqdordagi jarimalar bilan jazolanişi mumkin.

Singapur atrof muhitni muhofaza qiliş vaziri Vivian Balakrişnanning ma'lum qilişiça, havoning zaharlanişi inson omili bilan boğliq va buning uçun jazo berilişi kerak.

Bugunga kelib, Singapurda havoning ifloslaniş darajasi 2 kun oldingi 320 birlikdan 90-120 birlikkaça tuşgan.
25 sentabr kuni mavjud vaziyat tufayli mamlakatdagi boşlanğiç va örta maktablar hamda boğçalar yopilgan.