Xitoy va AQŞ örtasida terrorizm va pul yuviş jinoyatlariga qarşi kuraş böyiça memorandum imzolandi. Bu haqdagi ma'lumot Xitoy TIV saytiga joylaştirilgan.

Ma'lum qilinişiça, bu şartnoma Xitoy rahbari Si Tszinpinning AQŞga taşrifi davomida imzolangan.

"XXR va AQŞ "pul yuviş, terrorizmni moliyalaştiriş va şu turdagi boşqa jinoyatlar" böyiça ma'lumotlar yiğiş hamda tekşiruvlar olib borişda özaro hamkorlik qiladi", deyiladi hujjatda.

"Tomonlar terrorizmga qarşi kuraşda köptomonlama hamkorlik qilişga kirişadi va BMT Xavfsizlik kengaşi qarorlari asosida harakatlanadi", deyiladi xabarda.

Şuningdek, AQŞ va Xitoy Afğonistonda tinçlik örnatiş masalasida hamkorlik qiliş borasida kelişuvga erişgan.

Bundan taşqari, tomonlar poraxörlikda ayblangan şaxslarga tegişli mulklarning hibsga olinişida özaro hamkorlik qiladi. Qolaversa, noqonuniy muhojirlar va qoçqinlar masalasida tomonlar özlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarişlari belgilab qöyilgan.

Qayd etiş kerakki, bungaça Xitoydan AQŞga ötib ketgan jinoyatçi amaldorlarni ortga qaytariş böyiça kelişuv yöq edi.

Xitoyda joriy yil avvalida e'lon qilingan "tulki ovi" amaliyotlari davom ettirilmoqda. Bu tadbir mamlakatda moliyaviy jinoyatlar sodir etib, xorijga çiqib ketgan şaxslarni ortga qaytarişni nazarda tutadi. Bunday jinoyatçilarning aksariyat qismi AQŞ va Kanadadan boşpana topgan. Ma'lumotlarga köra, bunday jinoyatçi amaldorlar Xitoyga şu vaqtgaça kamida 50 milliard dollar zarar yetkazgan.