2030 yilga borib Xitoyning neft mahsulotiga bölgan ehtiyoji hajmi yiliga 680 mln tonnaga yetadi. Bu haqda Xitoy milliy neft korporatsiyasi (SNPC) tahlilçilari ma'lum qilişgan.

"Bu borada 2015 yildan 2030 yilgaça har yili örtaça 2 foizdan ösiş kuzatiladi. 2020 yildan Xitoy öz zaxiralaridan faol ravişda foydalana boşlaydi. 2030 yilga borib zaxiralardan 100 mln tonnagaça neft foydalaniş uçun olinadi", deyiladi xabarda.

SNPC prognozlariga köra, Xitoyning neft xomaşyosi importi hajmi ösişda davom etadi. Ayni vaqtda Xitoyda neftning 60 foizi xorijdan olinsa, 2030 yilda bu körsatkiç 70,6 foizga teng böladi.

Biroz oldinroq, Xitoyning neft zaxiralari hajmi 1 mlrd tonnaga yetgani ma'lum qilingandi.

Bu zaxiralarning 82,6 foizlik qismi 25ta katta va örta hajmli konlarda joylaşgan.

Bundan taşqari, Xitoyda 1,1 trillion kub metrdan ortiq tabiiy gaz zaxiralari, 106,75 mlrd kub metrdan ortiq slanets gazi va 60,19 mlrd kub metrdan ortiq ruda gazi zaxiralari mavjud.