Janubiy Koreyaning nufuzli SK Securities firmasi tahlilçilari Samsung kompaniyasining navbatdagi flagman smartfoni çiqarilişining taxminiy sanasini ma'lum qildidar. Dastlabki ma'lumotlarga köra, smartfonlar 2016 yilning yanvaridayoq omma e'tiboriga havola etilişi, savdoga esa fevralda çiqarilişi mumkin.

Bu avvalgi Samsung Galaxy S6 va S5 smartfonlarining savdoga çiqarilişi sxemasidan biroz farq qiladi. Uşbu smartfonlar MWC körgazmasida fevral oxiri-mart boşida namoyiş qilinib, aprelda sotuvga çiqarilgan edi.

Samsung Galaxy S7 ikkita – yassi displeyli SM-G930 va ikkita yon tomoniga egilgan displeyli SM-G935 versiyada çiqarilişi kutilmoqda. Şuningdek, smartfonlarning Exynos 8890 va Qualcomm Snapdragon 820 protsessorlariga ega variantlari ham çiqarilişi mumkin. Smartfonlarda 20 Mpli, ISOCELL sensoriga ega ikkilangan kamera işlatilişi aytilmoqda.