Armaniston prezidenti  Serj Sargsyan mamlakat Suriyadagi vaziyatdan xavotirlanayotganini aytib ötdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

Sargsyan bu haqda armanlar genotsidining 100 yilligiga bağişlangan tadbirlarni muvofiqlaştiriş davlat komissiyasi yiğilişida aytib ötdi.

“Biz Suriyada davom etayotgan töqnaşuvlar va kundan-kunga yomonlaşib borayotgan gumanitar vaziyatdan qattiq xavotirdamiz”, deb ta'kidlab ötdi Sargsyan.

Sargsyanning ta'kidlaşiça, “Aleppoda işlayotgan Armaniston boş konsulligi – Suriyadagi yagona dimplomatik vakolatxona va Damaşqdagi elçixona Armaniston hukumatining suriyalik armanlar muammosini doimo diqqat markazida uşlab turişidan dalolat beradi”. 

Sargsyan Suriyadagi mojaro boşlangandan beri Armanistonga 16 ming arman kelganini aytdi.

Armaniston davlat komissiyasi mintaqadagi terrorçilarning harakatlarini qoraladi va xalqaro taşkilotlarni bunday fojiali vaziyatga tuşib qolgan xalqlarga töliq kömak körsatişga çaqirdi.