Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg BMT boş qarorgohidagi nutqi davomida rivojlanayotgan davlatlarda internetga kirişning kengaytirilişi 160 mln kişini noçorlik holatidan çiqaradi, deb aytdi. Bu haqda USA Today naşri ma'lum qildi.
Tsukerberg, şuningdek, internetga kirişning kengaytirilişi millionlab bolalarga ta'lim oliş imkoniyatini berişi va 140 mln dan ortiq iş örni yaratişini aytdi.
Bundan taşqari, u internetni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvçi kuçlardan biri ekanligini aytdi va butunjahon tarmoğini inson imkoniyatlarini rağbatlantiriş va rivojlantirişning muhim vositalaridan biri deb hisoblaşga çaqirdi.
Avvalroq Mark Tsukerberg maktabga özi yasagan qölbola soat olib kelgani uçun hibsga olingan 14 yoşli Ahmad Muhammadni mehmonga çaqirib, kamdan-kam odamlar bunday “zör” narsani yasay olişga qodirligini aytib, uni maqtagani ma'lum qilingandi.






