AQŞning Florida ştatida joylaşgan Melborn şahridagi plyajda dengiz toşbaqasini minib sayr qilgan 20 yoşli qiz hibsga olindi, deb yozmoqda The Daily Mail naşri.

Stefani Mari Mur ismli bu qiz tungi payt plyajda toşbaqani minib olgan holda suratga tuşgan ikki qizdan biri bölgan. Snapchat’da çop etilgan bu surat feysbuk va tvitterda tez tarqalib ketdi va politsiya hayvonlarni muhofaza qiliş guruhlari bilan birga uşbu voqeani tergov qilişni boşladi.

Birmunça vaqtdan keyin qöşnilarining şovqinidan şikoyat qilingan uyga borgan politsiyaçi Murni tanib qoldi va uni hibsga oldi.

Ayni paytda u 2 ming dollar tovon puli evaziga qamoqxonada uşlab turilibdi. Qizni Floridada hayvonlar bilan berahm munosabatda bölganlik uçun jiddiy jazo kutmoqda.

Köpgina holatlarda, jumladan uşbu holatdagi kabi, hayvonlarga keraksiz aziyat va oğriqlar beriş oğir jinoyat hisoblanadi.

Agar Mur aybdor deb topilsa, u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilişi va 10 ming dollargaça jarimaga tortilişi mumkin.

Dengiz toşbaqalari yöqolib ketayotgan tur hisoblangani uçun federal hamda ştat darajasida himoya qilinadi.