Kanadada birinçi marta terrorçilik uçun sudlangan mamlakat fuqarolarini fuqarolikdan mahrum qilişga ijozat beruvçi qonun qöllandi, deb xabar bermoqda National Post naşri.

Bu qonun ta'siriga tuşgan birinçi şaxs 2006 yilda Toronto markazida yuk maşinasini portlatgan terrorçilik guruhiga boşçilik qilgani uçun umrbod qamoq jazosiga tortilgan Amar Zakariyo böldi.

Kanada mudofaa vaziri Jyeyson Kenni hukumat Zakariyoning fuqaroligini bekor qilganini tasdiqladi va bu holat odamlarni Kanada hukumatining terrorçilikka qarşi kuraşdagi niyatlari jiddiy ekanini anglaşlariga majbur qilişiga umid bildirdi.