Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko BMTning 70-sessiyasida qatnaşiş uçun AQŞga kelişidan maqsadi haqida aytdi. U öz davlatini qöllab-quvvatlayotgan xalqaro koalitsiyaning BMT Xavfsizlik kengaşida örni mustahkamlanişiga guvoh böliş uçun AQŞga kelgan.

"Bizning davlatimiz yaxlitligi tarafdori bölgan koalitsiyaning mustahkamligi Ukraina uçun toza havo kabi zarurdir", deydi u 26 sentabr kuni telekanallardan biriga bergan intervyusida.

"BMTning yubiley sessiyasida asosiy mavzular tinçlik, xavfsizlik va inson huquqlari himoyasi bölmoqda. Ukraina uçun esa bu mavzular boşqa barça davlatlarga qaraganda muhimroq", deydi Poroşenko.

U öz safarida bir neça muhim uçraşuvlar ötkazilişini qayd qilib ötgan.

U şuningdek, BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a'zolari tarkibi qayta körib çiqilişini istovçilar tomonida.

Poroşenko Ukrainaning 2017 yilgaça BMT Xavfsizlik Kengaşi a'zoligiga qabul qilinişidan umidvorligini bildirgan.

U şuningdek, Rossiyadan BMT Xavfsizlik Kengaşidagi doimiy a'zolik örni va veto huquqi olib qöyilişini istaydi.