Kuba davlat kengaşi va vazirlar kengaşi raisi Raul Kastro barqaror rivojlaniş vazifalarini bajariş uçun öz zimmasiga aniq majburiyatlarni oliş kerak, deb aytdi. Kuba yetakçisi bu fikrni BMTning barqaror rivojlaniş böyiça sammitida bildirib ötdi.
Kastro bir qator rivojlangan davlatlarning “texnologiya va bilimlarga monopoliyasini bartaraf etiş kerakligini” ta'kidlab ötdi.
“Aniq muddatlar va majburiyatlarning yöqligi, afsuski BMTga a'zo davlatlarga barqaror rivojlanişga erişiş sohasida qöyilgan vazifalarni bajarişga imkon bermaydi. Öz majburiyatlarini konkretlaştiriş va noçor davlatlar bir neça bor qarzlarini tölaganlarini hisobga olib qarzdorlik muammosini tartibga soliş kerak”, deb aytdi Kastro.
Kastroning aytişiça, hozirda harbiy xarajatlar 1,7 trln dollardan köproqni taşkil qilmoqda va uning ösişini töxtatiş kerak. “Agar harbiy xarajatlar ösişi töxtatilmasa, biz sayyoramizda mustahkam tinçlik va barqarorlikka erişa olmaymiz”, deb aytdi Kastro.
Avvalroq Kuba yetakçisi Raul Kastro birinçi marta Nyu-Yorkka BMT Boş assambleyasida iştirok etgani kelgani ma'lum qilingandi.






