Saudiya Arabistonining oliy muftiysi Abdulaziz ibn Abdulloh al-Şayh 24 sentabrda haj davomida yuzaga kelgan tiqilinçning oldini heç kim ololmagan bölardi, deb aytdi.
Muftiy mamlakat içki işlar vaziri, haj böyiça qömitaga boşçilik qiluvçi valiahd şahzoda Muhammad ibn Nayaf bilan 25 sentabrdagi uçraşuvi davomida şahzodaning fojia uçun javobgar emasligini aytdi.
“Siz bölgan fojia uçun javobgar emassiz. Odamzot öz nazoratida bölmagan narsa uçun javobgar böla olmaydi. Taqdirdan qoçişning iloji yöq”, deb aytdi muftiy şahzodaga.
Eron va ba'zi boşqa davlatlar Saudiya Arabistoni hukumatini ziyoratçilar uçun talab darajasidagi xavfsizlikni ta'minlay olmaganlikda ayblamoqdalar. Jumladan, fojiada 131 nafar eronlik halok böldi.
Öz navbatida, Nigeriya Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş vazirining ziyoratçilar berilgan yöriqlarga amal qilmaganlari haqidagi sözlarini inkor etdi.
Haj davomida bunday köp sondagi ölim holatlari 25 yildan beri kuzatilmayotgan edi.
Qirol Salmon Makka va Madinada barça xavfsizlik çoralarini tergov kilişga buyruq berdi.
Saudiya Arabistoni xalqaro maydonda özini islom dini himoyaçisi va ikkita muqaddas qadamjo – Makka va Madinaning qöriqçisi sifatida namoyon qiladi. Saudiya Arabistoni qiroli “Ikki qadamjo qöriqçisi” degan rasmiy unvonga ham ega.
Oxirgi 9 yil haj katta talofatlarsiz ötayotgan edi. Saudiya Arabistoni Makka va Madinadagi infratuzilma va xavfsizlikni yaxşilaş uçun katta miqdorda mablağlar sarfladi.
Makkadan taxminan 5 km uzoqlikdagi 46 graduslik haroratda, Mino vodiysida Jamarot amalga oşiriladigan joyga ketayotgan ziyoratçilarning ikki oqimi köprikda uçraşişlari oqibatida tiqilinç yuzaga kelgan. Tiqilinç oqibatida 717 ziyoratçi halok böldi, 900 ga yaqini jarohat oldi.






