Eron prezidenti Hasan Ruhoniy “IŞID” terrorçilik guruhiga qarşi kuraşayotgan barça kuçlarni Başar Asad hukumati fikrini hisobga olgan holda Suriya böyiça umumiy harakatlar rejasini işlab çiqişga jalb qiliş kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda Ruhoniy AQŞning NPR radiostansiya efirida aytdi.
“Biz hozirning özidayoq keyingi harakatlar haqida aniq gaplaşib olişimiz kerak. Suriya hukumati ham bunda iştirok etib, öz nuqtai nazarini, qolgan manfaatdor tomonlar ham öz fikrini bildirişi kerak va biz bu fikrlarni jamlab, harakatlar rejasini işlab çiqişimiz mumkin böladi”, deb aytdi Ruhoniy.
Ruhoniy bunda “sönggi va eng muhim söz” Suriya xalqi tomonidan aytilişi kerakligini ta'kidladi.






