AQŞning Forbes jurnali hisob-kitoblariga köra, maşhur golfçi Tayger Vuds oxirgi ön yillikning eng köp foyda olgan 20 sportçisi orasida eng köp pul topgan. 

Vudsning daromadi 845 mln dollarga baholandi. Golfçi 2000-yillar oxirida yiliga 100 mln dollardan işlab topgan. Biroq 2009 yilda sportçi rafiqasiga xiyonat qilgani foş bölgaç uning barça hamkorlari undan yuz ögirişgan. Oxirgi ikki yil içida bir vaqtlar 1-raqamli golfçi bölgan Vuds jarohatlari tufayli köpgina musobaqalarni ötkazib yubordi va hozirda golfçilar reytingida 292-örinni egallamoqda.

Reytingda 2-örinni boksçi Floyd Meyvezer egalladi. 2005-2015 yillar davomida superboksçi 660 mln dollar işlab topgan. Boksçi bu summaning deyarli yarmini Menni Pakyaoga qarşi uçraşuvi evaziga olgan.

3-örinni basketbolçi Kobi Brayant egallamoqda, u oxirgi ön yillik davomida 475 mln dollar işlab topdi.

Eng köp pul topgan sportçilarning yuqori öntaligidan basketbolçi Lebron Jyeyms (472 mln), golfçi Fil Mikelson (468 mln), tennisçi Rojyer Federer (455 mln), futbolçi Devid Bekxem (441 mln), boksçi Menni Pakyao (432 mln) va dunyoning ikkita eng kuçli futbolçisi Kriştianu Ronaldu (407 mln) va Lionel Messi (350 mln) örin oldi.

Reytingning ikkinçi öntaligiga “Formula-1” poygasining uç nafar poygaçisi –Fernando Alonso, Kimi Raykkonen va Lyuis Xemilton hamda ikki tennisçi – Rafael Nadal va Mariya Şarapova kiritildi.

Dunyoning eng katta haq oluvçi sportçilarining ön yillik davomida işlab topgan pullarining umumiy miqdori 7,7 mlrd dollarni taşkil qildi.