Hurmatli öquvçilar, tugayotgan haftada (21-27 sentabr) röy bergan eng muhokamabop xabarlarini takroran havola etamiz.

“Jinsiy jihod” qurbonlari Özbekistonga qaytmoqda>>

Suriya va Iroq hududida faoliyat yuritayotgan turli radikal guruhlar, birinçi navbatda IŞID saflariga “jinsiy jihod”ni amalga oşiriş maqsadida qöşilgan özbekistonlik ayollar aldanganlarini tuşunib, öz yurtlariga qaytmoqda. Bu haqda jurnalist Marhabo Normetova yozmoqda.

Samarqandning ayrim tungi klublarida voyaga yetmaganlar işlayotgani ma'lum böldi>>

Samarqand şahrida joylaşgan tungi klublar böylab ötkazilgan navbatdagi reydlar köplab qonunbuzarlik holatlarini yuzaga çiqardi. Bu haqda viloyat prokurori Bahodir Dehqonov ma'lumot berdi.

Özbekistonning bir qator viloyatlarida poraxör öqituvçilar qölga olindi>>

Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining hududiy bölinmalar ötkazgan tadbirlar davomida respublikaning bir qança hududlarida poraxör öqituvçilar jinoyat ustida qölga olindi.

Roğun Tojikistonning katta muammosiga aylanişi mumkin>>

Tahlilçi Murod Abrorov internet saytlariga joylaştirilgan maqolasida Roğun GESi loyihasi Tojikiston uçun kelajakda katta muammoga aylanişi mumkinligini ta'kidlab ötdi.

Eron OAVi: BAA şahzodasi Yamandagi harbiy harakatlar paytida halok bölgan>>

OAVda paydo bölgan xabarlarga köra, 19 sentabr kuni olamdan ötgan Dubay amirining katta öğli, şahzoda şayx Raşid ibn Muhammad Al-Maqtumning vafotiga avval aytilganidek yurak xuruji sabab bölmagan. Eronning "Fars" axborot agentligi xabar berişiça, u Yamandagi harbiy harakatlar hududida halok bölgan.

WSJ: Putin va Obama “aql töplaş” sözlarini har xil tuşunişadi>>

Rossiya va AQŞ prezidentlari, “aftidan, “aql töplaş” sözlarini har xil tuşunişadi”, deyiladi The Wall Street Journal gazetasining muharrirlik maqolasida.

Munisa Rizayeva muxlislariga “körpasiga qarab oyoq uzatiş”ni tavsiya qildi>>

Xonanda Munisa Rizayeva internetda yana bir janjalga aralaşib qoldi.
Ötgan hafta uning Instagram’dagi sahifasi bahs-munozaralarga tölib-toşdi.

Hilol Nasimov: Muhammad Yusufni bilmaydigan rejissyor xalqqa nima bera oladi? >>

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Hilol Nasimov xususiy kinostudiyalarda olinayotgan filmlarga öz munosabatini bildirib, ularni, har doimgidek, “saviyasizlik”da aybladi hamda namuna tarzida öz filmlarini keltirdi, deb yozadi "Darakçi" naşri.

Bred Pitt rafiqasi Anjyelina Jolining 3 nafar suriyalik yetimni asrab olişiga rozi bölmadi>>

Gollivud aktyori Bred Pitt öz rafiqasi, aktrisa va rejissyor Anjyelina Jolining yana 4 nafar yetim bolani asrab oliş böyiça bildirgan taklifiga rozilik bildirmagan. RadarOnline naşrida yozilişiça, Joli 4 nafar suriyalik bolani öğil qilib olmoqçi edi, lekin turmuş örtoği ulardan faqat birini qabul qilişga rozi bölgan.

OAV: 2015 yilda selfiga suratga tuşiş vaqtida halok bölganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketdi>>

22 sentabr kuni Mashable portali 2015 yilda selfiga suratga tuşiş vaqtida halok bölganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketganini xabar qildi. Birgina ingliz naşrlarining özida selfi tuşişga urinişda olamdan köz yumganlar haqidagi xabarlar soni oçiq dengizda akular hamlasidan vafot etganlardan köproq e'lon qilingan.

OAVda “Senga oşiqman” serialiga yana bir bor tanqid toşlari yoğdirildi>>

“Oila davrasida” gazetasida çop etilgan “Körinmas uruş qurboni” nomli maqolada Hindistonning özbekistonlik blogerlar va jurnalistlarning e'tirozlariga sabab bölib kelayotgan “Senga oşiqman” seriali yana bir bor tanqid ostiga olindi. 

Xitoylik muhandis dunyodagi eng yaxşi lavozim egasi sifatida tan olindi>>

“Yaxşi yigit, yomon emas” – muhandis Çade-Men Tan Google’da aynan mana şunday lavozimdadir. The Daily Mirror naşrining yozişiça, bu internet foydalanuvçilari tomonidan dunyodagi eng yaxşi lavozim deb topilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari suriyalik qoçqinlarni qabul qila oladimi? Ekspertlar javob berdi>>

Duşanba kuni Britaniya parlamentida çiqiş qilgan lord Desai suriyaliklarning katta qismini Markaziy Osiyo mamlakatlariga köçiriş mumkinligini ta'kidladi. Uning fikriça, BMT bilan hamkorlikda qoçqinlarni Yaqin Şarqdan Markaziy Osiyoga köçiriş mumkin.

OAV: kelinning sepiga 5 mln dan 50 mln gaça sarflanmoqda>>

“Darakçi” gazetasida töy marosimlaridagi isrofgarçiliklar tanqidiga bağişlangan navbatdagi material e'lon qilindi. Unda ta'kidlanişiça, qizlarning sepiga atalgan sandiqlarni töldirişning öziga bugungi kunda 5-50 mln örtasidagi mablağ sarflanmoqda.

Suriyada Qurbon hayiti bayram sifatida nişonlanmaydi>>

Suriyadagi musulmonlar butun dunyo böylab Qurbon hayiti bayrami bölib ötadigan 24 sentabr kunida mamlakatdagi siyosiy mojarolar tufayli halok bölganlar xotirasi uçun bayram qilişmaydi.  

Don Balon: Kriştianu Ronaldu "Real"ni tark etişga qaror qildi>>

"Real" klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu madridliklar safini tark etişni istamoqda.

Şumaxerning vazni 45 kg bölib qoldi>>

"Formula-1" poygalarida 7 marta çempion bölgan poygaçi Mixael Şumaxerning vazni ayni paytda 45 kilogrammni taşkil qiladi.

Suriyalik muhojir haqida Rossiya matbuotida tarqatilgan ma'lumotlar yolğon bölib çiqdi>>

Rossiyaning internet naşrlarida Vengriyada muxbir ayol tomonidan çalib yiqitilgan suriyalik qoçqinning “al-Qoida” jangçisi bölib çiqqanligi haqida yolğon axborot keng tarqatildi.

Ramzon Qodirov Makkadagi tiqilinçni ham fojia, ham Tangrining in'omi deb atadi>>

Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Makkada 24 sentabrda haj paytida yuz bergan tiqilinçni “Tangrining katta in'omi” deb atadi. Qodirov bunday fikrni “Russkaya slujba novostey” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Tojikistonda jodugarlarni 7 yilga qamaş taklif qilindi>>

Tojikiston hukumati jinoiy kodeksga kiritişni taklif qilgan özgartiş va qöşimçalar folbinlik va sehr-jodu bilan şuğullanuvçilarga nisbatan köriladigan çoralarning qattiqlaşuviga olib keldi.

29 yoşli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yoş buvi böldi>>

Rossiyaning Nijyegorod viloyatida istiqomat qiluvçi 29 yoşli Natalya Knyazkova Rossiyaning eng yoş buvisiga aylandi.

Si Tszinpin AQŞga oddiy yölovçi samolyotida uçib keldi>>

XXR raisi Si Tszinpin AQŞga Air China kompaniyasiga tegişli oddiy yölovçi samolyotida uçib keldi. Bu haqda The South China Morning Post naşri xabar bermoqda.

Avstraliyalik ayol iPhone 6S xarid qilişga navbatni egallaş uçun öz örniga robotni yubordi>>

Avstraliyalik ayol Lyusi Kelli iPhone 6S xarid qilişga navbat kutib öz vaqtini sarflaşni istamadi va öz örniga robotni yubordi, deb xabar bermoqda Mashable.com sayti.