Kurdiston işçi partiyasining (KIP) harbiylaştirilgan qanoti 75 nafar turk harbiysining qotilligi uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda 27 sentabrda Iroqning “As-Sumariya” telekanali ma'lum qildi.
KIP jangovor tuzilmalarining rasmiy vakili Baxtiyor Dogan “ular bir neça soat davomida Iroq çegarasiga tutaş Şirnak viloyatida Turkiya armiyasi va politsiyasiga qarşi bir neçta operatsiya ötkazgan” deb aytdi. Doganning aytişiça, KIP jangarilari “katta miqdorda qurol-aslaha va öq-dorilar qölga kiritgan”
Turkiya Mudofaa vazirligi vaqti-vaqti bilan Iroq bilan çegaralarida KIPga qarşi aksilterrorçilik operatsiyalarida iştirok etgan harbiylarning ölimi haqida ma'lumot beradi. Biroq hozirgaça boş ştab qisqa vaqt davomida turk askarlari orasida bunday katta miqdorda yöqotişlar haqida ma'lumotlar bermagan.
Iyul oyi örtalarida Turkiya armiyasi kurdlarga qarşi mamlakat hududi va Iroq şimolida bir neçta operatsiyalar ötkazgan. Bunga javoban KIP faol jangovor harakatlarni boşlagan va deyarli har kuni harbiy va politsiyaçilarga bir neçtadan hujum uyuştirgan.






