Biroz vaqt oldin professional boksdagi faoliyatini boşlagan özbekistonlik boksçi Sanjar Rahmonov dunyoga maşhur “Meyvezer Promouşens” klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda olamsport.com xabar qilgan.

Uşbu kompaniya kuni keça faoliyatini yengilmas boksçi sifatida yakunlagan amerikalik maşhur boksçi Floyd Meyvezerga tegişli hisoblanadi.

Sanjar Rahmonov 12 sentabr kuni aynan “Meyvezer Promouşens” kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan boks oqşomida professional faoliyatidagi ikkinçi jangini ötkazib ğalaba qozongan edi.

Uşbu boks oqşomining markaziy jangida esa Meyvezer amerikalik Andre Bertoni oçkolar hisobida mağlubiyatga uçratgandi. Meyvezer 49ta jangning barçasida zafar quçib, afsonaviy Rokki Marçianoning rekordini yangilagan.

Bundan buyon Sanjar Rahmonov öz janglarini aynan Meyvezerga tegişli kompaniya tomonidan taşkil etadigan boks keçalari doirasida ötkazadi.