28 sentabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida Boş Assambleyaning 70-sessiyasi doirasidagi eng muhim voqealar bölib ötdi.
Şu kuni BMT ming yillik maqsadlari realizatsiyasi va 2030 yilga qadar barqaror rivojlaniş maqsadlarini körib çiqişga bağişlangan sessiyada iştirokçi davlatlar rahbarlari yiğilganlarga öz qaraşlari, pozitsiyalari va kelgusidagi rejalari haqida nutqlar sözlab çiqişlar qilişdi.
Dastlab minbarga BMT Boş kotibi Pan Gi Mun kötarildi va dunyodagi dolzarb muammolarga e'tiborni qaratdi. Şundan söng, Braziliya prezidenti Dilma Ruseff, AQŞ prezidenti Barak Obama, Polşa prezidenti Anjyey Duda, Xitoy yetakçisi Si Tszinpin, undan keyin esa Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn sözga çiqdi. Keyin esa söz navbati Vladimir Putinga berildi.
Şuningdek, anjumanda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Koreya respublikasi Pak Kin Xe, Turkiya boş vaziri Ahmad Dovudöğlu hamda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev kabi rahbarlar çiqiş qilişdi.

Abdulaziz Komilov: Özbekiston 2030 yilda örtadan yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi>>
25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Boş Assambleyasi 70-sessiyasida çiqiş qildi.

Obama Başar Asadni mustabid deb atadi>>
AQŞ prezidenti Barak Obama BMT Boş Assambleyasining 70-sessiyasidagi çiqişini boşladi.
Obama: biz muhojir millatmiz>>
AQŞ prezidenti Barak Obama BMT Boş Assambleyasining 70-sessiyasida irod qilgan nutqida dolzarb muammolardan biri bölmiş muhojirlar masalasiga e'tiborni qaratdi.
Obama BMT Boş assambleyasida Rossiya va Xitoyni potensial muammo deb atadi>>
AQŞ prezidenti Barak Obama BMT Boş assambleyasidagi nutqida Rossiya va Xitoyni AQŞga tahdid soluvçi potensial muammolar deb atadi.
Obama: bizga kuçli Rossiya kerak>>
AQŞ prezidenti Barak Obama BMT Boş Assambleyasining 70-sessiyasidagi çiqişi vaqtidagi nutqida öz mamlakati Rossiya bilan siyosiy keskinlik holatiga boriş niyatida emasligini ta'kidlab ötdi.
Obama: AQŞ Suriyadagi inqirozni hal qiliş uçun Rossiya va Eron bilan işlaşga tayyor>>
AQŞ Suriyadagi inqirozni hal qiliş uçun istalgan davlat, xususan Rossiya va Eron bilan işlaşga tayyor, deb aytdi AQŞ prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida.
Obama: AQŞ ittifoqçilarini himoya qiliş talab etilsa, darhol kuç işlatadi>>
AQŞ agar mamlakat yoki AQŞ ittifoqçilarini himoya qiliş masalasi kötarilsa, bir tomonlama ravişda darhol öz qurolli kuçlarini işlatadi, deb aytdi AQŞ prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida.
Obama: Rossiyaga qarşi sanksiyalar öz kuçida qoladi>>
BMT Boş Assambleyasida çiqişi çoğida AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiyani xalqaro masalalarni diplomatik yöl bilan hal etişga çaqirdi. U Donbassdagi inqiroz masalalari hal bölmagunça Rossiyaga qöyilgan sanksiyani uzaytirişni taklif etdi.
Obama: demokratiya evaziga biz dunyodagi eng kuçli millatga aylandik>>
AQŞ prezidenti Barak Obama demokratiyalar turliça bölişi mumkin, biroq zamonaviy davlatlar amal qilişlari zarur bölgan yaqqol narsalar bor, deb aytdi.

Putin “IŞID”ga qarşi antigitler koalitsiyasiga öxşaş koalitsiyani yaratişni taklif qildi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorçilikka qarşi xalqaro koalitsiyani taşkil etişni taklif qildi.
Putin “IŞID”ga qarşi kuraşda sa'y-harakatlarni birlaştirişga undadi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqida “IŞID” terrorçilik guruhi “ekspansiyasini kengaytirmoqda hamda islom dunyosida va nafaqat u yerda hukmronlik qilişga intilmoqda”, deb aytdi.
Putin Başar Asad bilan hamkorlik qilişdan voz keçişni xato deb atadi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Boş assambleyasidagi nutqida Suriya prezidenti Başar Asad bilan hamkorlik qilişdan voz keçişni katta xato deb atadi.
Putin: BMT tanqidlarga qaramay, universallik böyiça tengi yöqdir>>
BMT safida doimo qarama-qarşiliklar bölgan bölsada, qonuniylik va universallik borasida unga teng keladigan taşkilot yöqdir, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Boş assambleyasidagi nutqida.

Eron prezidenti Asadsiz Suriyani “terrorçilar uçun jannat” deb atadi>>
Jahon hamjamiyati Suriya prezidenti Başar Asad öz lavozimida qolişi kerak, degan qarorga keldi. Aks holda bu davlat terrorçilar uçun jannatga aylanadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Ruhoniy: Suriyani kim boşqarişi emas, IŞIDni bartaraf qiliş muhim masala>>
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy odamlar Erondagi hukumatni almaştirişdan köra, IŞIDga qarşi kuraş masalasini muhokama qilişi kerakligini aytdi.
Eron prezidenti AQŞni terrorçilikda aybladi va yadroviy kelişuvni ma'qulladi>>
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Boş assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida AQŞni terrorçilik siyosati hamda “falastin xalqini tahqirlovçi sionistik tartibni qöllab-quvvatlayotgani” uçun tanqid qildi
Eron prezidenti Saudiya Arabistoni hukumatini hajni taşkil qilişda uquvsizlikda aybladi>>
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqini Makkada haj davomida halok bölganlarning xotirasini yod etiş bilan boşladi.

Pan Gi Mun: Muhojirlardan himoyalaniş uçun devorlar quriş 21 asrga yaraşmaydi>>
BMT Boş kotibi Pan Gi Mun Yevropa Ittifoqi davlatlarini muhojirlarga yanada faol ravişda yordam berişga va ularning yölini tösiş uçun devorlar qurmaslikka çaqirdi.

Nazarboyev BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanişga ajratişni taklif qildi>>
Qozoğiston BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanişga ajratişni taklif qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bölib ötgan barqaror rivojlaniş sammitidagi çiqişida aytib ötdi.
Nazarboyev: Orol muammosi butun dunyoga tahdid solişi mumkin>>
Kun sayin yöq bölib borayotgan Orol dengizi muammosi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasiga, balki butun dunyoga tahdid solişi mumkin. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bölib ötgan barqaror rivojlaniş sammitidagi çiqişida aytib ötdi.
Nursulton Nazarboyev: keyingi 30 yilda dunyo harbiy mojarolar muammosini yöq qilişi kerak>>
Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Boş assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqida dunyo 70 yillik harbiy mojarolar davomida yangilarining paydo bölişini yöq qiliş uçun hanuzgaça yeçim topa olmaganini ta'kidlab ötdi.

Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlarida iqlim özgarişi böyiça mintaqaviy markaz yaratişni taklif qildi>>
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Nyu-Yorkda bölib ötgan barqaror rivojlaniş sammitidagi çiqişida BMT Boş Assambleyasining 70-sammiti doirasida Aşxobodda iqlim özgarişi böyiça mintaqaviy markaz yaratişni taklif qildi.

Tojikiston prezidenti dengizga çiqiş yöli bölmagan toğli davlatlarni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi>>
BMT Boş Assambleyasining Barqaror taraqqiyot sammitida çiqiş qilgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon köplab davlatlar rivojlaniş sohasida xalqaro moliyaviy kömaklar körsatilmasa, jahon savdo-sotiği jonlantirilib, yangi texnologiyalar yetkazib berilmasa, yangi maqsadlar va vazifalarni amalga oşira olmasligini ma'lum qildi.

XXR raisi: Davlat boşqaruvi qölisiz bozordagi körinmas qöl heç narsaga yaramaydi>>
XXR raisi Si Tszinpin BMT Boş Assambleyasidagi çiqiş paytida “bozordagi körinmas qöl va davlat boşqaruvida bölgan körinar qöl” örtasidagi muvozanatni topiş kerakligi haqida sözlab ötdi.
Xitoy BMT qoşida 1 mlrd dollarlik jamğarma taşkil etadi>>
Si Tszinpin Xitoy BMT homiyligida 1 mlrd dollar kapitalga ega bölgan jamğarma taşkil etilişini ma'lum qildi.
Si Tszinpin: tinçlik yoğdusi uruş buluti orqali porlaydi>>
Si Tszinpin özining nutqini yapon militarizmi haqidagi xotiralar bilan boşladi. U kelgusida Ikkinçi jahon uruşi kabi fojialarga yöl qöymaslikka çaqirdi. Xitoy yetakçisi uruş paytida 35 mln xitoylik halok bölganini ta'kidlab ötdi.
Fransua Olland: “Parij Rossiya va Eron bilan işlaşga tayyor, biroq Asad bilan emas”>>

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij Suriyadagi mojaroni Rossiya va Eron bilan hal qilişga tayyor, biroq Suriya prezidenti Başar Asad bilan emas, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.






