Duşanba, 28 sentabr kuni taxminan tonggi 7:30 atrofida noma'lum şaxs tomonidan AQŞning Özbekistondagi elçixonasi hududiga qölbola yonuvçi uskuna uloqtirildi. Bu haqda Amerika Qöşma Ştatlarining Toşkentdagi elçixonasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Saytda qayd etilişiça, tez yonuvçi vositalardan biri portlagan. Hodisa natijasida heç kim jabr körmagan. Hozirgi vaqtda elçixonaning qat'iy izolyatsiyada emasligi ma'lum qilindi.

Xabarda keltirilişiça, ayni paytda Özbekiston hududida amerikaliklar yoki AQŞ manfaatlariga tahdidlar mavjudligi töğrisida heç qanday axborot yöq.

Hodisa munosabati bilan AQŞ elçixonasi mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda tergov işlarini olib bormoqda.