AQŞ va Rossiya prezidentlarining BMT Boş Assambleyasi 70-sammitidagi çiqişlari Suriya inqiroziga bölgan turliça yondaşuvlarning dueli böldi, deb hisoblaydi Associated Press agentligi. Bu duelning natijasi esa tadbir yakuniga köra ötkazilgan tantanali lançda körindi: Obama noxuş kayfiyatda bölsa, Putin yuzidan tabassumni tuşirmadi.
“BMT Boş Assambleyasidagi duel tipidagi nutqlarida ikki yetakçi Suriya masalasida mutlaqo qarama-qarşi yondaşuvlarni bildirib ötişdi”, - deb yozadi muallif. Eslatib ötamiz, öz çiqişida Obama ötiş jarayonida Başar Asadni hokimiyatdan ketkaziş muhimligini ta'kidlagan bölsa, Putin Suriyaning amaldagi hukumatidan voz keçiş notöğriligini e'tirof etdi.
“Obama va Putinning Suriyadagi vaziyatga bölgan yondaşuvi ular 250 ming kişining hayotiga zomin bölgan va millionlab qoçqinlarning mamlakatdan çiqib ketişiga sabab bölgan uruşni hal qilişda qanday hamkorlikni yölga qöyişlari borasidagi savolni oçiq qoldiradi”, - xulosa qildi maqola muallifi.






