Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 28 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bölgan xabarlarni takroran havola etamiz.
Ukrainaliklar delegatsiyasi Putinning çiqişini öz bayroqlarini kötargan holda qarşilaşdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMT Boş Assambleyasidagi çiqişi oldidan anjumanda qatnaşayotgan Ukraina delegatsiyasi a'zolari ukrainlarning aftodahol bayroğini namoyiş etişdi. Bu holat tasviri rasmiy Kiyevning BMT qoşidagi vakili Yuriy Sergeyev tomonidan tvitterga joylaştirildi.
Laplandiyada niqobli kişilar 1 mln yevro miqdoridagi 40ta avtomobilni yoqib yuborişdi>>

Kamenmaada (Laplandiya provinsiyasi, Finlyandiya) öt qöyilişi natijasida avtosalon hududida turgan 40ta avtomobil yonib ketdi. Şu hudud yaqinida turgan ikki avtomobilga esa zarar yetdi, deb xabar beradi Ilta-Sanomat.
Putin: KGBning sobiq xodimlari bölmaydi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “KGBning sobiq xodimlari bölmaydi” degan fikrga qöşildi. Çarli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uçun ötkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Poroşenko Donbassda uruşning har bir kuni Ukraina uçun qançaga tuşayotganini aytdi>>
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina Donbassdagi uruş tufayli kuniga 5 mln dollar yöqotayotganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.
Putin: Biz hammasini bilamiz>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada bölib ötgan töpolonlar hamda uşbu mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçni hokimiyatdan ketkazişda AQŞning qöli borligini “aniq biladi”. Bu haqda u amerikalik jurnalist Çarli Rouzga bergan intervyusida aytib ötdi.
Putin: Suriyadagi jangarilarga qarşi kuraşiş ularning Rossiyaga qaytişini kutişdan yaxşiroq>>

Rossiya uçun Sobiq Ittifoq hududidan çiqib, Suriya hududida uruş olib borayotgan jangarilar bilan kuraşiş ularning ortga qaytişini kutişdan yaxşiroq. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CBS va PBS telekanallari uçun jurnalist Çarli Rouzga bergan intervyusida şunday dedi.
Issiqkölda yaşovçi ayol öz çaqaloğini Rossiya fuqarosiga 50 ming som evaziga sotgani aniqlandi>>

Qirğizistonning Issiqköl viloyati prokuraturasi mahalliy tuğruqxonalardan birida çaqaloqlarning sotilişi böyiça jinoiy iş oçdi. Bu haqda mamlakat Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eron “Muhammad – Allohning elçisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib körsatdi>>
Eron rejissyor Majid Majidiyning “Muhammad – Allohning elçisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib körsatdi. Film “Çet tilidagi eng yaxşi film” nominatsiyasi böyiça körib çiqiladi.







