Bağdod şahridagi Iroq, Suriya, Eron va Rossiya örtasidagi razvedka ma'lumotlarini almaşiş axborot markazi öz işini 2015 yilning oktabr-noyabr oylarida boşlaydi. Bu haqda RIA “Novosti” harbiy-diplomat axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

“Axborotlar almaşiş, bu — sözsiz, törtta mamlakat tomonidan qölga kiritilgan razvedka ma'lumotlarini ayirboşlaş demakdir. Mintaqada IŞID ta'sirining tarqaliş xavfi kuçaygan davrda bu işonç va mas'uliyat uçun muhim palladir. Markaz oktabr-noyabr oylari davomida oçiladi”, - dedi axborot manbasi.

Uning ma'lumotlariga köra, axborot markazini ta'sisçi davlatlarning harbiy rahbarlari uç oydan navbati bilan boşqaradi.

Bundan avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Barak Obama bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng BMT Boş Assambleyasi maydonida Iroqning Bağdod şahrida taşkil etilgan axborot markazi terrorizmga qarşi kuraşga qiziqiş bildirgan qariyb barça mamlakatlar uçun oçiq ekanini ma'lum qilgan edi.