Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Boş Assambleyasidagi çiqişida umumdunyo valyutasini yaratişni taklif qildi.
“XXI asrda dunyoga yangi sifatdagi moliyaviy vositalar darkor. BMTga a'zo davlatlar salohiyatini jipslaştirib, global barqaror rivojlaniş va gullab-yaşnaş talablariga javob beradigan umumdunyo valyutasini yaratiş lozim”, - dedi u.
Şuningdek, Nazarboyev keyingi 30 yil davomida jahon “harbiy ixtiloflar Gordiy tugunini yeçişi” kerakligini aytdi.






