Muxolifatçi siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişi Rossiya tarixining eng şarmandali sahifalaridan biridir. Buni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan oldi.
“Men buni boşidan aytgan edim, bu zamonaviy tariximizning şarmandali sahifasidir, jinoyatçilar uşlanişi va jazolanişi darkor. Buni birdan amalga oşirişning imkoni yöqdir balki, ammo bizda bunday misollar köp”, - dedi u amerikalik jurnalist Çarli Rouzga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, Nemtsov ötgan yilning 28 fevral kuni Moskvaning markazida otib ketildi. Ayrim muxolif siyosatçilarning ta'kidlaşiça, ölimidan oldin u Ukraina şarqidagi uruşda Rossiya harbiy qismlari ayirmaçilarga yordam berayotgani haqidagi ma'lumotlarni oşkor qilmoqçi bölgan.






